Abdulla Qahhor. Anor (hikoya) — video, channel “Vatandoş ROSSIYA (Migrant.uz)” ▶ video

Abdulla Qahhor. Anor (hikoya)


Uylar to‘la non, och-nahorim  bolam,
Ariqlar to‘la suv, tashnai zorim bolam.
O’tmishdan



Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon tugunchani orqasiga  bekitib, tegishdi:
—    Akajon, degin!
—    Akajon! Jo-on aka!..
—    Nima berasan?
—    Umrimning yarmini beraman!..

Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning o‘zida, eshik oldida o‘tirib tugunchani ochdi-da, birdan bo‘shashib ketdi va sekin boshini ko‘tarib eriga qaradi. O’z qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning ko‘zini jiqqa yosh ko‘rib:

— Nima ekanini bildingmi?—dedi.
— Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, mana, siqsang asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas — shimsa ham bo‘ladi, chaynasa ham  bo‘ladi.
Xotin yengini tishlab bir nuqtaga qaraganicha qoldi.
—    Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya!—dedi Turobjon keltirgan matoini titkilab. — Mana, chaynab ko‘r! Ko‘rgin, bo‘lmasa innaykeyin degin...




To'liq video Migrant.uz Youtube, VK va Rutube kanallarida

📱 Youtube - https://youtu.be/JdiHg2_Gg-4

📱 Vkontakte - https://vkvideo.ru/video-146921395_456241729

💙 Rutube - https://rutube.ru/video/private/c3511cfbfdf7d762a8353ebf682078a4/?p=oWeZCuro-hL1W8Znhc89mA

MAX'ga a'zo böliş uçun 👇
https://max.ru/migrantuz

🌐 VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!
Views: 2 526
Open in MAX Report an inaccuracy

Report an inaccuracy

Describe what needs fixing. If you have a source, add a link.

You are leaving datool.ru

The link leads to an external website. datool.ru is not responsible for its content — check the address before entering passwords or payment details.

Redirecting in 10 s

Go