Yugra muhojirlar uçun qoidalarni özgartirmoqda
📊 XMAO rasmiylari patent asosida işlaydigan çet ellik işçilar uçun çeklovlar röyxatini kengaytirmoqda.
📆 Mintaqa gubernatori Ruslan Kuxaruk 2027-yil 1-yanvardan boşlab muhojirlarga nonvoyxonalarda işlaş, non, un va qandolat mahsulotlarini işlab çiqariş bilan şuğullaniş, şuningdek, buyurtmalarni qabul qiliş şoxobçalari va omborxonalarda mehnat qiliş taqiqlanişini ma'lum qildi. Bu röyxatga madaniyat va sport bilan boğliq yana bir yönaliş qöşildi.
🔺 Avvalroq Yugra hukumati muhojirlarning 27 ta faoliyat turida, jumladan, yölovçi taşiş, kurerlik xizmatlari, alkogol va tamaki savdosi, tibbiyot va ta'lim sohalarida işlaşini taqiqlagan edi. Endi mintaqada şunday kasblarning umumiy soni 30 taga yetadi.
Şuni biliş muhimki, bu özgarişlar faqat patent asosida işlayotgan çet el fuqarolariga tegişli. Çeklovlar vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnomasi, yaşaş guvohnomasi bölgan şaxslarga yoki Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kiruvçi mamlakatlar fuqarolariga taalluqli emas.
MAX'ga a'zo böliş uçun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!